rag’batlantirishdan faxrlanadi.
Ishtiyoqi baland yosh sotuvchilarimizdan biri Zehra bilan tanishing. U ham barcha kabi 9 dan 5 gacha odatdagiday ishlar edi. Bo’sh vaqtlarida, ayniqsa dam olish kunlarida mahalliy bozorlarni kezishni yoqtirardi.
Zehra doim chiroyli, qo'lda bo'yalgan naqshli an'anaviy chinni buyumlarni yaxshi ko'rardi. Yillar davomida u yuqori sifatli, asl va nodir chinni buyumlarni tanlash bo‘yicha ko‘p bilimga ega bo‘ldi.
Bir kuni bir dugonasi uni Bahia Bazaar bilan tanishtirdi. Bu esa Zehra uchun o'zining tajribasi va an'anaviy chinni buyumlariga bo'lgan namoyon qilish uchun mukammal platforma edi. Shuning uchun ham hech ikkilanmay tezda Bahia Bazaar da do'kon ochdi va o’zing mahalliy bilimi va savdolashish qobiliyatidan foydalangan holda bozorning eng yaxshi mahsulotlarini do’koniga joylashtirdi. Dunyoning turli burchaklaridan uning mahsulotlariga bo’lgan qiziqish ortganini guvohi bo’lgach esa, u yanada ko’proq mahsulotlarni ro’yxatdan o’tkazdi.
Ko’p o’tmay uning tinimsiz izlanishi, bilimlari o’z samarasini bera boshladi. Shunday qilib Zehra o’z kar’erasini yaratishga qaror qildi. Hozirda u yosh tadbirkor sifatida online businessini boshqaradi.
"Men bo'sh vaqtimda qo'shimcha pul ishlash uchun Bahia sotuvchisi sifatida ish boshladim.
Yoshligimdan beri men har doim an'anaviy qo'lda ishlangan chinni buyumlar sotiladigan mahalliy do'konlarni kezishni yaxshi ko'raman. Shunday uchun ham, chinni buyumlariga bo’lgan ishtiyoqimni boshqalar bilan baham ko'rmoqchi edim va Bahia Bazaar buning uchun mukammal platformani taklif qildi.
Avvaliga bunga shunchaki qo’shimcha daromad qaradim, ammo bugun u mening to'lovlarimni to'laydi! Bahia Bazaar tufayli men sevimli mashg'ulotimni to'liq kunlik daromad manbaiga aylantirdim. Endi 9 dan 5 gacha ishlash yo'q!”