O’ziga xos madaniyati va urf-odatlariga ega Yaqin Sharqning tarixga boy egzotik shaharlariga sayohat qilishdek hayajonni boshdan kechirish imkoni har bir insonga ham nasib qilavermaydi.
Shunday ekan, o’zingiz bilan xotiralardan bir parcha olib ketish istagi tug’ilishi tabiiy hol. Do’st-birodarlaringiz yoki oilangiz a’zolarini asl hunarmandchilikka oid esdalik sovg’alari bilan xursand qilish, xotiralarni baham ko’rish hissidir bu.
Ammo ko'pincha parvoz jadvali yoki yo’lovchi yuki bilan bog’liq qat’iy cheklovlar bu istagingizga to’sqinlik qilishi mumkin.
Uyga qaytganingizdan so'ng esa, sizni afsuslanish hissi qiynashi mumkin... Agar siz devoringizni bezash uchun asl so’zana yoki onangiz uchun an'anaviy zargarlik buyumini olmagan bo’lsangiz albatta.
Biz dunyo bo’ylab sayohatlarimiz davomida vaqti-vaqti bilan buni boshdan kechirdik, Ishonchimiz komilki, siz ham.
Hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda, shu masalaga yechim topish uchun yo’lga chiqdik.
Bizni bir savol qiynardi, qanday qilib cheklovlarni unutgan holda dunyo kezish, tashvishlanmasdan xaridlar qilish, minglab kilometr uzoqlikdagi egzotik bozorlarni topish mumkin?
Tez-tez sayohat qilish uchun vaqt yoki mablag'ga ega bo'lmaganlar haqida nima deyish mumkin? Qanday qilib ular Marokash bozorlaridan naqshinkor bezakli oshxona buyumlari yoki Istanbul bozoridan rang-barang bezakli chiroqlarni olishlari mumkin?
BahiaBazaar - bu Yaqin Sharqdagi jonli va shovqinli bozorlardan haqiqiy, qo'lda ishlangan hunarmandchilik mahsulotlarini topish va muammosiz xarid qilish uchun sizning yechimingizdir. Shunchaki, o'zingiz yoqtirgan narsalarni bizning mamlakatlarimizdan tanlang va biz ularni to'g'ridan-to'g'ri uyingizga olib kelamiz! Bu juda oddiy.
Bu hali hammasi emas! Xaridingizni BahiaBazaar bilan amalga oshirganingizda, savdolashish haqida tashvishlanishingizga ham hojat qolmaydi. Chunki bizda barcha sanab o'tilgan mahsulotlarning qat'iy narxlari belgilangan. Bundan tashqari, asllik yoki sifat haqida ham tashvishlanishingiz shart emas. Biz bu masalalarni ham qat’iy sifat standarti bilan nazoratga olganmiz.
Xo’sh, nega kutayapsiz?